“2017 YIL – XALIQ BENEN SA’WBETLESIW HA’M INSON MAPLERI JILI”

2016 yil 7 dekabrda “O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 24 yilligiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda davlat va jamoat arboblari, fan, madaniyat va san’at namoyondalari, jamoatchilik va yoshlar vakillari, yurtimizda faoliyat ko‘rsatayotgan xorijiy davlatlarning elchixonalari va xalqaro tashkilotlar vakolatxonalarining vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev ma’ruza qildi. Prezidentimiz o‘z ma’ruzasida kirib kelayotgan yangi – 2017 yilni “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb nomlashni taklif etdi va bu taklif yig‘ilganlar tomonidan gulduros qarsaklar bilan qo‘llab-quvvatlandi.

Tadbirda Prezidentimiz tomonidan quyidagilar ta’kidlandi: “Bugun hayotimizning o‘zi Konstitutsiyamizda ifodasini topgan eng asosiy maqsad – inson manfaatlarini har tomonlama ta’minlash masalasini dolzarb vazifa qilib qo‘ymoqda. Inson manfaatlarini ta’minlash uchun esa, avvalo, odamlar bilan, xalq bilan muloqot qilish, ularning dardu tashvishlari, orzu-niyatlari, hayotiy muammo va ehtiyojlarini yaxshi bilish kerak… Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xilqimizga xizmat qilishi kerak va bu haqiqatni, avvalo, barcha bo‘g‘indagi rahbarlar yaxshi tushunib olishi zarur…

Avvalo, “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”ning asosiy maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan holda, davlat organlarining fuqarolar bilan o‘zaro munosabatlari yuzasidan yondashuvni tubdan qayta ko‘rib chiqish zarur. Bu borada aholi bilan doimiy muloqot qilish, ularni qiynayotgan muammolarni hal etishning yangi mexanizmlari va samarali usullarini joriy etishimiz darkor… Bayon qilingan ustuvor vazifalar davlat boshqaruvi tizimini bugungi va ertangi kun talablaridan kelib chiqib, yanada takomillashtirishni taqazo etadi. Bu borada 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan, O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy boshqaruv sohasidagi islohotlar konsepsiyasini qabul qilish ko‘zda tutilmoqda. Ushbu konsepsiyaga muvofiq, davlat boshqaruvi organlari tuzilmasini, vazifa va vakolatlarini optimallashtirish, ularning o‘ziga xos bo‘lmagan, takrorlanadigan funksiyalarini hamda xodimlar umumiy sonini qisqartirish, shuningdek, davlatning intiqodiyotni boshqrishdagi rolini keskin kamaytirish bo‘yicha aniq tadbirlar amalga oshiriladi…”

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda 1997 yildan boshlab har bir yilga shu davr ichida taraqqiyotning muhim yo‘nalishlarini ifoda etadigan nom berish an’anaga aylangan. 1997-2016-yillar oralig‘ida yillarga quyidagicha nom berilgan:

  • 2016-yil — Sog’lom ona va bola yili
  • 2015-yil — Keksalarni e’zozlash yili
  • 2014-yil — Sog‘lom bola yili
  • 2013-yil — Obod turmush yili
  • 2012-yil — Mustahkam oila yili
  • 2011-yil — Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili
  • 2010-yil — Barkamol avlod yili
  • 2009-yil — Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili
  • 2008-yil — Yoshlar yili
  • 2007-yil — Ijtimoiy himoya yili
  • 2006-yil — Homiylar va shifokorlar yili
  • 2005-yil — Sihat-salomatlik yili
  • 2004-yil — Mehr va muruvvat yili
  • 2003-yil — Obod mahalla yili
  • 2002-yil — Qariyalarni qadrlash yili
  • 2001-yil — Onalar va bolalar yili
  • 2000-yil — Sog‘lom avlod yili
  • 1999-yil — Ayollar yili
  • 1998-yil — Oila yili
  • 1997-yil — Inson manfaatlari yili