Kafedra mudri:

YusupovRisnazar Orazbaevich

Telefon:

+99897-561-83-26

E-mail:

risnazar@mail.ru  

«Qishloq xo’jalik maxsulotlarini saqlash, dorivor o’simliklarni etishtirish va dastlabki qayta ishlash texnologiyasi» kafedrasining tarixi

      Toshkent davlat agrar universiteti Nukus filiali 2003 yili tashkillashtirilganda kafedra “Qishloq xo’jaligi mahsulotlarini saqlash, kayta ishlash, meva-sabzavot ekinlari selekciyasi va urug’chiligi” deb nomlanib, kafedra mudiri lavozimida qishloq xo’jaligi fanlari namzodi U.Abыllaev, 2004 yilning 3-sentyabridan kafedra «Qishloq xo’jaligi mahsulotlarini tayyorlash, saqlash va qayta ishlashni tashkillashtirish» deb qayta nomlandi va kafedra mudiri lavozimida qishloq xo’jaligi fanlari namzodi, docent Z.S.Sultanova, 2016 yilning 9-sentyabridan biologiya fanlari namzodi X.Q.Matjanova kafedra mudiri lavozimida faoliyat yuritdi.

      O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-may kungi «Toshkent davlat agrar universitetida oliy ma`lumotli kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi PQ – 3704 sonli qaroriga asoslanib «Qishloq  xo’jalik mahsulotlarini saqlash, dorivor o’simliklarni etishtirish va dastlabki qayta ishlash texnologiyasi» kafedrasi bo’lib qayta tuzildi va kafedra mudiri bo’lib qishloq xo’jalik fanlari falsafa doktori (PhD)  R.O.Yusupov tayinlandi.

   Fan bilan ta`limni ishlab chiqarish bilan birlashtirish maqsatida innovacion birga ishlashish doirasida quyidagi nomi ko’rsatilgan korxonalar bilan shartnomalar tuzilgan: «Xo’jayli paxta tozalash» akciyador jamiyati, «Xalqabad paxta tozalash» akciyador jamiyati, «Taxiatosh don mahsulotlari» AJ, «Qoraqalpoq don mahsulotlari» AJ hamda uning Nukus va Qo’ng’irot filiallari, «To’rtko’l don mahsulotlari» A.J., «Chimboy don mahsulotlari» AJ, «Nukus Delishe» sut mahsulotlari akciyador jamiyati.

Kafedramizda 2018 yilda bitta qishloq xo’jaligi fanlari doktori va bitta qishloq xo’jaligi fanlari bo’yicha falsafa doktori o’z dissertaciyalarini muvoffaqiyatli himoya qildi. Kafedra mudiri R.O.Yusupov 06.01.09 – O’simliklarni himoya qilish ixtisosligi bo’yicha “Qovun pashshasining biologiyasi, zarari va unga qarshi kurash tadbirlarini ishlab chiqish” mavzusidagi falsafa doktori (PhD) dissertaciyasini muvoffaqiyatli himoya qildi.

Qishloq xo’jaligi fanlari nomzodi, docent Z.S.Sultanova: 06.01.08 – O’simlikshunoslik ixtisosligi bo’yicha “Qoraqalpog’iston Respublikasi sharoitida yumshoq bug’doyning hosildorligini ko’paytirish va don sifatini yaxshilash asoslari” mavzusida doktorlik dissertaciya ishini muvoffaqiyatli himoya qildi.

Kafedrada jami 9  professor – o’qituvchilar, shundan: 1 qishloq xo’jaligi fanlari doktori, professor Z.Sultanova, 1 qishloq xo’jaligi fanlari nomzodi, docent A.Seytmusaev, 1 qishloq xo’jaligi fanlari falsafa doktori (PhD) R.Yusupov va 1 biologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) G.Abdiniyazova hamda 1 – katta o’qituvchi M.Karimullaeva, 4 – assistentlar G.Abdieva, J.Sultanov, İ.Durshimbetov, Yu.Mamutovlar talabalarga ta`lim-tarbiya berib kelmoqda.

Ta`lim yo’nalishlari:

Bakalavr ta`lim yo’nalishlari:

  1. 5410500 – Qishloq xo’jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi
  2. 5411100 – Dorivor o’simliklarni etishtirish va qayta ishlash texnologiyasi

 

Professor –o’qituvchilar tarkibi

  • Fan doktori 1
  • fan nomzodi, docent: 1
  • q.x.f.f.d (PhD) 1
  • b.f.f.d (PhD) 1
  • katta o’qituvchi 1
  • assistentlar 4