Jalb etilgan sarmoyalar va grantlar

2017-2021 yillar davomida Qoraqalpog’iston qishloq xo’jaligi va agrotexnologiyalar instituti va Evropaning 4 oliy ta`lim muassasasi: İtaliyaning Piza va Padova universitetlari, Estoniyaning Tabiiy fanlar universiteti, Portugaliyaning Portu universiteti hamkorligida Evropa İttifoqining ERASMUS+ ta`lim jarayonida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish Dasturining 586000-ERR-1-2017-RT-ERRKA2-SVNE-JP BUZNET: «O’zbekistonda veterinariya tarmog’ida aralash ta`lim» loyihasi  amalga oshirildi.

Loyiha doirasida 2019 yilda professor-o’qituvchilarning stajirovkasi uchun 39,000 Evro jalb etildi. 2020 yilda qiymati 11,935 Evrolik 15 dona zamonoviy kompьyuter, 2 dona proektor va 1 router loyiha doirasida xorijdan olib kelindi. 2021 yilda jami 28,130 Evrolik Sut va pishloq mahsulotlarin ishlab chiqarish uchun uskunalar va mikroskoplar, Sut tashish uchun konteyner, muzlatilgan urug’ konteyneri, inkubator va boshqa uskunalar xarid qilindi.

Jalb etilgan sarmoyalar va grantlar

          2017-2021 yillar davomida Yaponiyaning OҮO korporaciyasi bilan «O’zbekistonda cho’lning oldini olish maqsadida ko’klamzorlashtirish» loyihasi amalga oshirilmoqda. Loyiha doirasida daraxt ekish va ko’klamzorlashtirish ishlari OҮO korporaciyasi tomonidan moliyalashtirilgan holda olib borilmoqda va 2017 yil filial hududiga umumiy qiymati 13,750 AQSh dollarini tashkil etuvchi agrometeorologik stanciya OҮO korporaciyasi tomonidan olib kelindi va o’rnatildi.

         2018 yil Germaniyaning STEP Systems MChJ tomonidan umumiy qiymati 24,068 evro bo’lgan tuproqni to’liq tahlil qiluvchi LASA 3900 AGRO spektrofotometri va 2 dona T-WARNER meteorologik stanciyalari olib kelindi va meteorologik stanciyalar Kegayli va Kanliko’l tumanlariga o’rnatildi.

  BMTning O’zbekiston Respublikasida rivojlantirish dasturi tomonidan «O’zbekistonning qurg’oq hududlarida joylashgan fermer va dehqon xo’jaliklarining iqlim barqarorligini ta`minlash» loyihasi doirasida filial hududida qiymati 276700000 so’mlik issiqxona qurilishi ishlari olib borilmoqda.