Amaldagi loyihalar

Hozirgi vaqitda Qoraqalpog’iston qishloq xo’jaligi va agrotexnologiyalar institutida Germaniya Xalqaro hamkorlik tashkiloti(GIZ)ning «O’zbekistonning tanlangan xududlarida barqaror iktisodiy rivojlanish» loyihasining «Baliqchilikni rivojlantirish» dasturi amalga oshirilmoqda. Loyiha 2020-2023 yillar davaomida institutimizda amalga oshirilishi belgilangan. Loyihaning jami qiymati 240,000 AQSh dollarni tashkil qiladi.

Loyiha doirasida GIZning grant mablag’lari hisobidan institutimizda baliq etishtirish uchun yopiq suv ta`minoti tizimini joriy etildi va yopiq suv ta`minotiga baliqlarning bir yillik shaboqlari sazan, aq amur, va afrika laqalari turlarini etishtirish ishlar olib borilmoqda. Bunnan tashqari bitta seminar xonasi va bitta laboratoriya xonasi loyiha doyrasida tashkil qilindi.

Amaldagi loyihalar

          Hozirgi vaqtda filialimizda O’zbekistonning qishloq xo’jaligiga ihtisoslashgan 4 oliy ta`lim muassacasi: Toshkent davlat agrar universiteti, Andijon qishloq xo’jaligi instituti, Samarqand qishloq xo’jaligi instituti, Toshkent davlat agrar universiteti Nukus filiali va Evropaning 4 oliy ta`lim muassasasi: İtaliyaning Piza va Padova universitetlari, Estoniyaning Hayotiy fanlar universiteti, Portugaliyaning Portu Universiteti hamkorligida Evropa İttifoqining ERASMUS+ ta`lim jarayonida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish Dasturining 586000-ERR-1-2017-RT-ERRKA2-SVNE-JP BUZNET: «O’zbekistonda veterinariya tarmog’ida aralash ta`lim» loyihasi amalga oshirilmoqda.

  Loyihaning maqsadi O’zbekistonda veterinariya sohasi bo’yicha professional mutahassislarni tayorlash, OTMlarida veterinariyani o’qitishda aralash ta`limni yo’lga qo’yish hisoblanib, shu maqsadni amalga oshirish uchun hamkor oliy ta`lim muassasalari o’rtasida tajriba almashish amalga oshiriladi. Bu tajriba almashish faqat veterinariyani o’qitish bo’yicha emas, shuning bilan birga, amaliyotda ham (mol fermalari, sutni qayta ishlash zavodlari, chorvachilik xo’jaliklari) tajriba almashishni ko’zda tutadi. Loyiha doirasida 2018 yil 19-20 mart kunlari filialimizda ikki kunlik ilmiy-amaliy seminar o’tkazildi. Seminarga Portugaliyaning Portu universitetidan Avgusto Faustino va Mariya Grasa Lopes, Estoniyaning Estoniya Hayotiy ilmlar universitetidan Devid Erney, İtaliyaning Padova universitetidan Stefano Romagnoli va Antonio Mollo filialimizga tashrif buyurishdi. Seminar davomida filial direktori E.Toreniyazov, Oliy ta`limni rivojlantirish bo’yicha ekspertlar guruhi a`zosi B.Paluanov «Qoraqalpog’iston oliy ta`lim muassasalarida Evropa ittifoqining Erasmus+ loyihalari» mavzusida, BUZNET loyihasi bosh koordinatori, professor Avgusto  Faustino loyiha maqsadi va vazifalari, amalga oshirish jarayoni, kutiladigan natijalar tug’risida taqdimotlar qilishdi. Shuningdek, loyiha doirasida mehmonlar Xo’jali, Qarao’zak tumanlari va Nukus shahridagi chorvachilik fermalari va sutni qayta ishlash karxonalariga amaliy safar qildi.

       Loyiha doirasida tashkil etilayotgan o’quv kursida ishtirok etish maqsadida “Zootexniya va veterinariya” kafedrasi mudiri S.Eshmuratova va “Kishloq xo’jaligi mahsulotlarini saqlash, dorivor o’simliklarni etishtirish va qayta ishlash texnologiyasi” kafedrasi assistenti Sh.Shaniyazov 2018 yil 22 oktyabrь – 22 dekabrь oralig’ida İtaliya davlatining Piza va Padova universitetlari, Portugaliya davlatining Portu universiteti va Estoniya davlatining Xayot fanlari universitetlariga safar qilishdi.