O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan me`yoriy hujjatlarga asosan buxgalteriya hisobini tashkil qilishni ta`minlash, moddiy, mehnat va moliyaviy resurslaridan samarali foydalanishni nazorat qilish;

Professor-o`qituvchi va xodimlar oylik ish haqlarini, talabalar stipendiyalarini o`z vaqtida hisoblashni va ularni tarqatilishini nazorat qilish;

Hisob varaqalarda aktivlarning holatini va harakatini, mulkiy huquqlar va majburiyatlarning holati to`g`risidagi to`liq xamda aniq ma`lumotlarni shakllantirish;

Moddiy boyliklar va pul mablag`lari inventarizatsiyasini o`z vaqtida o`tkazish;

Samarali boshqarish maqsadida buxgalteriya hisobi ma`lumotlarini umumlashtirish;

Moliyaviy, soliqqa doir va boshqa hisobotlarni tuzish;

Mahalliy va respublika byudjetiga hisoblangan soliqlarni o`z muddatlarida o`tkazish;

Bankdan olingan pul mablag`larini maqsadli sarflash;

Debitorlik va kreditorlik qarzdorliklari paydo bo`lishining oldini olish;

Ish haqi fondini tasdiqlangan shtat jadvallari va shtat formulyarlari asosida to`g`ri sarflanishini nazorat qilish;

Stipendiya fondini rektor tomonidan chiqarilgan buyruqlar asosida to`g`ri saflanishini nazorat qilish;

Tovar-moddiy boyliklarni belgilangan qoidalar asosida omborxonaga qabul qilish va chiqim qilishni nazorat qilish;

Byudjet va byudjetdan tashqari mablag`larni tasdiqlangan xarajatlar smetalari asosida xarajatlar moddalari bo`yicha sarflanishini nazorat qilish;

Pul mablag`lari, tovar-moddiy boyliklari va asosiy vositalar inventarizatsiyasini o`rnatilgan tartib asosida sifatli o`tkazilishini nazorat qilish;

Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligiga, soliq inspektsiyasiga va boshqa tashkilotlarga oylik, choraklik va yillik hisobotlarni o`z muddatlarida topshirilishini nazorat qilish.