Kafedra mudiri:  Kallibekova Zulxumar Berdubekovna
Telefon: +99891-370 64 71
E-mail:

Gumanitar fanlar» kafedrasi tarixi

Toshkent davlat agrar universiteti Nukus filiali tarkibida 2003-yildan «Gumanitar fanlar» kafedrasi faoliyat kórsatadi. 2003-2009 yillari kafedrani tarix fanlari nomzodi N.Tleubergenova, 2009-2012 yillarda tarix fanlari doktori, professor B.Qoshanov boshqargan, 2023 yildan buyon kafedra mudiri lavozimida tarix fanlari nomzodi,  Z. Kallibekova  ishlamoqda.

Kafedrada bakalavr ta`lim yónalishlari bóyicha óquv reja asosida jami 6 ta fan mavjud bólib, jumladan «Ózbekistonning eng yangi tarixi», «Jismoniy madaniyat va sport», «Ózbekistonni rivojlantirish strategiyasi: Fuqarolik jamiyati», «Kasbiy psixologiya», «Pedagogika, psixologiya», «Fuqarolik jamiyati» fanlaridan, magistratura mutaxassisliklari bóyicha 1 ta fan, «İlmiy tadqiqot metodologiyasi» va sirtqi bólim mutaxassisliklari bóyicha 2 ta fan «Ózbekistonning eng yangi tarixi», «Ózbekistonni rivojlantirish strategiyasi: Fuqarolik jamiyati» fanlari óqitiladi.

Kafedrada jami 7 nafar professor – óqituvchilar faoliyat kórsatmoqda. Ular: 3 nafar ilmiy darajaga ega (B.Bekimbetov, Z.Qallibekova, A.Naórızova), 1 nafar katta óqituvchi (Z.Mambetniyazova) va 3 nafar assistent (F.Seyfullaev, A.Kannazarov, Z.Allaniyazov).

Kafedramiz Respublikadagi boshqa oliy óquv yurtlari va etakchi ilmiy markazlar bilan doimiy aloqada bólib kelmoqda.

Nashr qilingan óquv qóllanmalar

  1. Naórızova, F.Yusupova «Kórkem oqıó» metodik qóllanma. N.:«Qaraqalpaqstan». 2008.
  2. T.Mambetniyazov, Z.Mambetniyazova «Xalqı qádirlegen insan». N.:«Bilim», 2011.
  3. B.Bekimbetov, Z.Mambetniyazova «Ózbekiston tarixi» óquv qóllanma, 2015.
  4. B.Bekimbetov, Z.Mambetniyazova “Ózbekstan – insaniyat civilizaciyasınıń áyyemgi oshaqlarınan biri”. “Miraziz” JSHJ baspaxanası. 2016 jıl.
  5. R.Kazakov, Z.Allaniyazov, A.Kannazarov “Fizikalıq shınıǵıólar hám Valeologiya”. “Miraziz” JSHJ baspaxanası. 2017 jıl.
  6. B.Bekimbetov, Turganov B., Seyfullaev A. «İslam táliymatı tiykarları». “Miraziz” JSHJ baspaxanası. 2019 jıl.
  7. B.Bekimbetov, Turganov B., Z.Mambetniyazova «Sociologiya». “Miraziz” JSHJ baspaxanası. 2019 jıl.
  8. Turebekov M., Urazbaeva R., Hákimniyazov J., Tureeva G., Bekimbetov B. «Tariyxıy terminlerdiń túsindirme sózligi». Nókis. 2020.

Kafedraning ilmiy-amaliy aloqalari

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti, Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti, Ózbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpoǵiston bólimining Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti.

Kafedraning istiqboldagi rejalari

 

  1. Asosiy kurslar bóyicha davlat tilidagi darsliklar va óquv qóllanmalar tayyorlashni izchil davom ettirish;
  2. Falsafa, tarix ixtisosliklari bóyicha fan doktorlarini tayyorlash;
  3. Kafedra yónalishi bóyicha respublika va xorijiy ilmiy – amaliy anjumanlarda faol qatnashish;
  4. Filial talabalarni respublika va jahon miqiyosidagi bólib ótadigan sport musobaqalarga tayyorlash va qatnashishini ta`minlash;
  5. Filial miqiyosida professor-óqituvchilar, talabalar órtasida sport musobaqalarini tashkillashtirish va sportni ommoviylashtirish, sport tadbirlarini doyimiy ravishda ótkazish;
  6. Kafedra professor-óqituvchilarini «El-yurt umidi» jamǵarmasi bóyicha shet ellarda malakasini oshirish va ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish;
  7. Quyidagi mavzular bóyicha ilmiy tadqiqotlarni bajarish:
  • Qadimgi va órta asrlarda Qoraqalpoqlarning kompleks xójaligi tarixi;
  • XIX asr Qoraqalpoqlarning kompleks xójaligi tarixi;
  • Mustaqillik yillarida davlatimizning agrar siyosati tarixi;
  • Umumta`lim maktablarida «Qoraqalpoǵiston tarixi» fanini óqitishda innovacion texnologiyalarni qóllash va takomillashtirish;
  • Qoraqalpoq tilidagi etiket sózlar;

 

             Hozirgi paytda kafedra professor-óqituvchilar tarkibi: 7 nafar;

  • İlmiy darajaga ega professor-óqituvchilar: 3 nafar; (B.Bekimbetov, Z.Qalibekova, A.Naórızova)
  • Docentlar: 2 nafar;
  • Katta óqituvchilar:2 nafar;
  • Assistentlar: 3 nafar.