Joriy yilning 30 sentyabrь kuni Qoraqalpog’iston qishloq xo’jaligi va agrotexnologiyalar institutiga Koreyaning KOICA tashkilotining O’zbekistondagi vakillari va Global yashil o’sish instituti (GGGI) dan Dr. Aron J.M Russel tashrif buyurdi.

 Mehmonlarni institutimizning İlmiy ishlar va innovaciyalar bo’yicha direktor o’rinbosari Berdiyar Jollыbekov kutib oldi va uchrashuv tashkil qilindi. Uchrashuv davomida mehmonlar o’zlarining tashkilotlari va kelajakda Qoraqalpog’istonda olib borilishi kutilayotgan loyihalari haqida batafsil ma`lumot berdi jumladan Qoraqalpog’istonning yashil reabilitaciyasini qo’llab-quvvatlash, tabiiy ofatlardan eng ko’p zarar ko’rgan tumanlarga iqlimga chidamli qishloq xo’jaligi modellari orqali barqaror hayot kechirishiga imkon beradigan chora-tadbirlarni amalga oshirish kabi vazifalar nazarda tutilgan.