Qoraqalpog’iston qishloq xo’jaligi va agrotexnologiyalar institutida yoshlar o’rtasida giyohvandlik va narkotik moddalarning tarqalishiga qarshi kurashish  masalalariga bagishlangan tadbir bo’lib o’tdi.

Tadbirda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy markazi bo’limi boshlig’i M.Uteniyazov, O’zbekiston Respublikasi IIV Jinoyat qidiruv bosh boshqarmasi bo’limi boshlig’i A.Matlyubov va mutaxassislari F.Azgarov, Sh. Jo’raev, Qoraqalpog’iston Respublikasi IIV Jinoyat Qidiruv boshqarmasi boshlig’i o’rinbosari N.Adilbekov va mutaxassislari A.Tangirbergenov, X.Yo’ldashev, Respublika ixtisoslashtirilgan Narkologiya ilmiy markazi  Qoraqalpog’iston Respublikasi filiali inspektori N.Dao’letmuratova, Qoraqalpog’iston Respublikasi musulmonlar Qaziyati vakili A.Jalao’shaevlar ishtirok etdi.

Uchrashuvda so’zga chiqqan mehmonlar giyohvand moddalarning tarqalishi, kuchli psixotrop vositalarning respublikamizga kirib kelishi, tegishli o’rinlarda sotilishini muntazam nazoratga olish, tartibga solish maqsadida bir qator qonun xujjatlari qabul qilinganligini va ushbu normativlar asosida tegishli chora-tadbirlar maqsadida bir qator qonun xujjatlari qabul qilinganligi va ushbu normativlar asosida tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqilib amalda qo’llanilayotganligini aytib o’tdi. Shuningdek, giyohvandlik insonlarning umriga zavol bo’ladigan qo’rqinchli illat sababi giyohvand insonlarning bedavo bo’lgan OITS kasalligiga chalinish ehtimolining yuqoriligi bilan hamda kasallikga chalingan insonlarning kasallik viruslarini tarqatish orqali jamiyatga xavf-xatar  to’g’dirishini ta’kidlab o’tdi.

Uchrashuvda ishtirokchilar narkotik moddalarni muntazam qabul qilib kelgan giyohvand shaxslarning ayanchli va og’ir hayotidan olingan videorolikni tomosha qilishdi.yoshlar tomonidan ushbu muommalarga bog’liq o’zlari qiziqtirgan savollarga javoblar olindi.

 

Matbuot kotibi