Qoraqalpog’iston qishloq xo’jaligi va agrotexnologiyalar institutida

Talaba-yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish, ularni siyosiy jarayonlarga faol jalb etish maqsadida Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tashabbusi bilan  «Saylov–2021: Kelajaging uchun ovoz ber!» shiori ostida tashkil etilgan  «Targ’ibot poezdi» loyihasi a’zolaridan iborat jamoa Qoraqalpog’iston qishloq xo’jaligi va agrotexnologiyalar institutida yosh saylovchilar bilan uchrashdi.

Qoraqalpog’iston qishloq xo’jaligi va agrotexnologiyalar instituti majlislar zalida «Saylov-2021:Kelajaging uchun ovoz ber!» shiori ostida targ’ibot guruhi va  talabalar ishtirokida seminar va ochiq muloqot tashkil qilindi. Muloqot davomida saylov qonunchiligi, unga kiritilgan o’zgarishlar, siyosiy tadbirning mazmun-mohiyati xususida yig’ilganlarga ma’lumot berildi, shuningdek yoshlarning bu boradagi bilimlari sinovdan o’tkazildi. Bundan tashqari, targ’ibot guruhi a’zolari institutda tashkil etilgan muzey va laboratoriya xonalariga, talabalar turar joylariga tashrif buyurib, talabalarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi

Matbuot xizmati.