2021 yilning 17 noyabr kuni Qoraqalpog’iston qishloq xo’jaligi va agrotexnologiyalar institutida Germaniya Xalqaro hamkorlik tashkiloti (GIZ) vakillari Dr. Peter Sheinert va Baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti direktori Abdulla Qurbonov tomonidan baliqchilik sohasi bo’yicha seminar tashkillashtirildi. Seminarda baliqchilik kafedrasining professor-o’qituvchilari, talaba-yoshlar va sohaga qiziquvchi ilmiy xodimlar ishtirok etdi.
Seminarda Dr. Peter Sheinart tomonidan baliqlarda uchrashadigan kasalliklar bo’yicha nazariy va amaliy darslar olib borildi. Jumladan baliqlarning virusli, bakterial, zamburig’ kassaliklari va klinik ko’rinishlari haqida batafsil ma’lumot berdi.