2021 yilning 19 noyabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturining O’zbekistondagi vakolatxonasining vakillari A.S. Mirkushuin va dastur expertlari Qoraqalpog’iston qishloq xo’jaligi va agrotexnologiyalari institutiga tashrif buyurdi. Dastlab mehmonlarni institutimiz rektori E.Sh. Toreniyazov va Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektor B.B. Jollibekov kutib oldi va uchrashuv tashkil qilindi. Uchrashuv davomida BMTTDning “O’zbekistonning qurg’oqchilikka moyil hududlarida iqlimga chidamli fermer va dehqon xo’jaliklarini rivojlantirish” loyihasi doirasida tashkil etilgan Resurs markazi faoliyati bilan tanishdi. Bundan keyn institut issiqxonasiga tashrif buyurdi va issiqxona sohasini rivojlantirish bo’yicha hamkorlikda olib boriladigan ishlar to’g’risida batafsil muhokama qilindi.