O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi «Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi PQ-2909-sonli qarori ijrosini ta’minlash hamda xalqaro moliya institutlari ishtirokidagi loyihalar doirasida oliy ta’lim muassasalarida etkazib berilgan o’quv-laboratoriyalardan o’quv jarayonida samarali foydalanish holatini o’rganish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan ishchi guruh a’zolari sifatida I.Xudayberdiev va X.Shodievlar Qoraqalpog’iston qishloq xo’jaligi va agrotexnologiyalar institutiga tashrif buyurdi.

Ishchi guruh a’zolari institutda o’quv mashg’ulotlari uchun harid qilingan laboratoriya jihozlarini har bir uskuna kesimida ulardan foydalanish holati, o’quv-laboratoriya uskunalarining fan dasturlarida keltirilgan laboratoriya ishlarini qamrab olish darajasi, o’quv laboratoriya ishlarini tashkil etish bo’yicha metodik tavsiyanomalarning ishlab chiqilganligi hamda fan o’qituvchilarining laboratoriya uskunalaridan foydalanish, ko’nikma va malakalari mavjudligi kabi holatlarini bo’yicha har tomonlama o’rganib chiqildi.

Qoraqalpog’iston qishloq xo’jaligi va agrotexnologiyalar institutiga O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida” 2017-yil 20 apreldagi PQ-2909-son qaroriga muvofiq, OOO “NPO ELXOLDING” tomonidan summasi 298720,159+ 1928 evro bo’lgan 2020-yilda «Dehqonchilik va melioratsiya asoslari», «Genetika, selektsiya va urug’chilik» “Veterinariya mikrobiologiyasi, virusologiyasi va immunologiyasi”, «O’simliklarni zararkunanda va kasalliklardan ximoya qilish» va “Suv energiyasi va nasos stantsiyalaridan foydalanish” o’quv mashg’ulotlari uchun laboratoriya jihozlari harid qilinib, institutning bosh binosi hamda 3-binolarida o’quv laboratoriyalari tashkil qilingan.
Shuningdek, Germaniyaning xalqaro hamkorlik tashkiloti (GIZ) Qoraqalpog’iston qishloq xo’jaligi va agrotexnologiyalar instituti bilan hamkorlikda «O’zbekistonning tanlangan xududlarida barqaror iktisodiy rivojlanish» loyihasi bo’yicha “Baliqchilik” kafedrasiga 94,16 mln.so’mlik (5772 evro) laboratoriya jixozlari hamda inventarlar olib kelinib yangi “Baliqchilik laboratoriyasi tashkil qilingan.
Amerika qushma shtatlarining USAID xalqaro tashkiloti bilan birgalikda “Qishloq xo’jaligida qiymat zanjirini rivojlantirish” AVC loyihasi institutga “Meva-sabzavotchilik va polizchilik” kafedrasiga 214,5 mln.so’mlik laboratoriya jixozlari xamda inventarlar olib kelinib yangi “Meva-sabzavotchilik” laboratoriyasi tashkil qilingan.
Qoraqalpog’iston qishloq xo’jaligi va agrotexnologiyalar instituti bilan hamkorlikda PROON ning №00082613-raqamli «Razvitie klimaticheskoy ustoychivosti fermerskix i dexkanskix xozyaystv na zasushlivыx rayonax Uzbekistana» mavzusidagi loyhasi asosida «Agrokimyo, o’simliklarni himoya qilish va karantini» kafedrasiga 8,366.40l AQSh dollarlik laboratoriya jixozlari hamda inventarlar olib kelinib, yangi “Agrokimyo va tuproqshunoslik” laboratoriyasi tashkil qilingan.

        

Ushbu laboratoriyasi jihozlari bugungi kunda institutda talaba yoshlarning o’z sohalari bo’yicha ko’nikma hosil bo’lishida samarali tashkil etilmoqda.

Institut matbuot kotibi

Kanalga a’zo bo’ling https://t.me/qqaxai