Istiqbol rejalar

 Filialimizning asosiy ilmiy yo‘nalishlari «Orol bo‘yi ekologik sharoitida qishloq xo‘jaligi ekinlaridan yuqori, sifatli hosildorlikni etishtirish bo‘yicha intensiv agrotexnologiyalarni va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishiga yangi texnika va texnologiyalarni tadbiq etish» mavzusiga yo‘naltirilgan.

Filialdagi 2020 yili bajarilgan ilmiy-tadqiqot ishlarining asosiy yo‘nalishlari kuyidagilardan iborat:

  1. Qishloq xo‘jalik ekinlaridan yuqori va sifatli hosildorlikni etishtirishning intensiv agrotexnologiyalarini ishlab chiqish
  2. G‘o‘za va sholining yangi intensiv navlarini yaratish
  3. Qishloq xo‘jalik ekinlarini zararkunandalar va kasalliklardan himoya qilish
  4. CHorvachilik va qorako‘lchilikning hosildorligini oshirish
  5. Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishiga yangi texnika va texnologiyalarni joriy etish.