Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutida ochilgan PhD.05/29.08.2023.Qx.172.01 raqamli ilmiy kengashda birinchi dissertatsiya himoyasi bo‘lib o‘tdi. Unda 06.01.01-«Umumiy dehqonchilik. Paxtachilik» mutaxassisligi bo‘yicha qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun D.Qutlimuratova va M.Ajiniyazovalarning dissertatsiya ishlari himoyasi o‘tkazildi hamda ular muvaffaqiyatli himoya qilindi. D.Qutlimuratova va M.Ajiniyazovalarni ilmiy kengashda dissertatsiya ishlarini muvaffaqiyatli himoya qilganliklari bilan chin yurakdan tabriklaymiz.
Shu bilan birga, institutimizda yangi ish boshlayotgan ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashning kelgusi ishlarida muvaffaqiyatlar tilaymiz va mamlakatimizda qishloq xo‘jaligi bo‘yicha ilmiy darajali yetuk kadrlarni yetishtirishda hamjihatlik bildiramiz!