«Kelajakka qadam» dasturi doirasida Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va
agrotexnologiyalar institute bitiruvchilari amalga oshirgan tadbirkorlik
loyihalar
Loyiha nomi: Tikish-bichish
Tadbirkor: Polatova Dilnoza
Ajratilgan kredit miqdori: 50 000 000 so‘m
Kredit maqsadi: Tikish-bichish mashinalari, ishlab chiqarish anjomlari va zarur xomashyolar xarid qilish uchun.
Hudud. Chimboy tumani
Ma’lumot uchun Polatova Dilnoza, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining ishga joylashishiga ko‘maklashish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2025 yil 14 fevraldagi PQ-61-sonli Qarori talablariga asosan ajratilgan imtiyozli 50 million so‘mlik kredit mablag‘ini maqsadli yo‘naltirgan holda Chimboy tumanida zamonaviy tikish-bichish atelyesini
tashkil etdi. Hozirda atelye faoliyat ko‘rsatmoqda, u yerda o‘zi bilan bir qatorda mahalliy ayollarni ham ish bilan ta’minlagan va shogirdlar ham chiqaroiyaptilar. Atelye asosan milliy kiyimlar, kundalik liboslar va buyurtma asosida tikuvchilik xizmatlarini amalga oshirmoqda. Natijada, Ayollar bandligini ta’minlashga hissa qo‘shildi. Mahalliy ishlab chiqarish rivojlanib, Polatova Dilnoza
o‘z faoliyati orqali barqaror daromad manbaiga ega bo‘ldi
.


Loyiha nomi: Binolarda oyna o‘rnatish va ta’mirlash xizmatini yo‘lga qo‘yish
Tadbirkor: Shamuratov Qalmurza
Ajratilgan kredit miqdori: 50 000 000 so‘m
Kredit maqsadi: Binolarga oyna, eshik va alyuminiy konstruksiyalarni o‘rnatish uchun zarur asbob-uskunalar vositasini xarid qilish
Hudud: Kegeyli tumani
Ma’lumot uchun Shamuratov Qalmurza, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining ishga joylashishiga ko‘maklashish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2025 yil 14 fevraldagi PQ-61-sonli Qarori talablariga asosan ajratilgan imtiyozli 50 million so‘mlik kredit mablag‘ini maqsadli yo‘naltirgan holda Kegeyli tumanida binolarga oyna o‘rnatish xizmatini tashkil etdi. Hozirda loyiha faoliyat ko‘rsatmoqda, u turar joy binolari, maktablar, ijtimoiy obyektlar va tadbirkorlik binolarida oyna o‘rnatish xizmatlarini ko‘rsatmoqda. Loyihani amalga oshirish natijasida mahalliy yoshlar ish bilan ta’minlangan, xizmat sifati esa aholining ehtiyojini qondirishga xizmat qilmoqda. Mahalliy hududda ishlab chiqarish rivojlanib, Shamuratov Qalmurza o‘z faoliyati orqali barqaror daromad manbaiga ega bo‘ldi.

