? Abituriyentlar abitur.dtm.uz sayti orqali ro’yxatdan o’tganlaridan so’ng, “Abituriyent qayd varaqasi” shakllanadi.

? Qayd varaqasining quyi qismida bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravari miqdorida to‘lovni amalga oshirish uchun invoys hosil bo‘ladi.

? Invoysning quyi qismida onlayn to‘lov tizimlari orqali to‘lovni amalga oshirish uchun havolalar joylashgan bo‘lib, ular orqali to‘lovni amalga oshirish imkoniyati mavjud.

? Umuman olganda to‘lovni Click, Payme, UPAY, Paynet kabi elektron to‘lov tizimlari yoki bank kassalari orqali amalga oshirish mumkin.

To’lovni amalga oshirgan abituriyentlar to’lov muvaffaqiyatli amalga oshirilganini “Shaxsiy kabinet”laridan “Qabul-2020” bo’limiga kirib bilib olishlari mumkin.

✅ Bunda, ularning qayd varaqasining quyi qismidagi invoys o’rnida “To’lovingiz muvaffaqiyatli amalga oshirildi!” degan xabar chiqadi.

❕Izoh: To‘lovni amalga oshirmaydigan abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tganida ularga invoys shakllantirilmaydi.

© Davlat test markazi