Chimboy, Shumanay, Kegeyli, Bo‘zatov tumanlarida qishloq xo‘jaligi xodimlari uchun o‘quv-seminarlar tashkil etildi. Ushbu seminarlarda Qoraqalpog‘iston Respublikasida g‘o‘za parvarishlash agrotexnikasini to‘g‘ri tashkil etish va g‘alladan bo‘shagan maydonlardan samarali foydalanish bo‘yicha dehqon va fermer xo‘jaliklariga qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda muhim mavsumiy agrotexnik tadbirlarni professor-o‘qituvchilar ishtirokida ilmiy asoslangan tavsiyalar berish va ularning ishtirokida hududlarda dehqonlarimizni o‘ylantirayotgan savollarga to‘liq javoblar berish va o‘z ko‘nikmalari bilan bo‘lishish ko‘zda tutilgan.

 Shu asosda institutimiz professor-o‘qituvchilari ishtirokida «2025 yil hosili uchun g‘o‘za parvarishi va g‘alladan bo‘shagan maydonlardan samarali foydalanishda takroriy ekinlar ekish» mavzusida joylarda seminarlar tashkil etildi.

 Shuningdek, soha mutaxassislari va ilmiy xodimlari tomonidan 2025 yil hosili uchun parvarishlanayotgan g‘o‘za maydonlarida «Dolzarb 30 kunlik»da 5 iyuldan-5 avgustgacha amalga oshiriladigan muhim agrotexnik tadbirlar bo‘yicha ilmiy-amaliy asoslangan tavsiyalar, tushunchalar berildi.

 Seminar davomida so‘nggi kunlarda kuzatilayotgan anomal issiq haroratning g‘o‘zaga salbiy ta’sirini yumshatish, yaratilgan hosilni saqlab qolish va qator oralariga ishlov berish, sug‘orish, chilpish, zararkunanda va hasharotlarga qarshi kurashish, hosilga hosil qo‘shish, g‘alladan bo‘shagan maydonlarga takroriy ekin sifatida hosildorligi yuqori, kam suv talab qiladigan ekinlarni tanlash va ekish, hosildorlikni oshirishda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarga ilmiy tavsiyalar berildi.

 Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan javoblar oldi va tajriba almashish imkoniyatiga ega bo‘ldi.