Ekologiya-bu so‘z bugungi kunda bu so‘z faqat bizning hududimizda emas butun dunyo bo‘ylab keng tarzda ommaviy axborot vositalari orqali qo‘llanilmoqda desak adashmagan bo‘lamiz.

 Shu asosda Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutida bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda. Buning yorqin dalili sifatida Zooinjeneriya fakulteti 4-bosqich Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish ta’lim yo‘nalishi talabasi Nurullayev Fayzulla o‘z ustozlari bilan birgalikda «Qoraqalpog‘istonning ekstremal sharoitlarida zamonaviy yomg‘irlatib sug‘orish uskunalari yordamida jo‘xori yetishtirishning sug‘orish rejimini ilmiy asoslash» nomli amaliy loyihasi bo‘yicha bir qancha izlanishlar olib bormoqda.

 Har bir ilmga asoslangan ish o‘z natijasini ko‘rsatishi tabiiy. Fayzulla 2023 yil 13 yanvarda bo‘lib o‘tgan «Ilg‘or tadqiqotlar ilmiy markazi»ning tashkil etilgan xalqaro ilmiy-amaliy ko‘rik tanloviga taqdim etilgan ilmiy ishlaringiz ilmiy kengash tomonidan ko‘rib chiqilib, bir ovozdan ma’qullandi. Ushbu tanlov yakunida «Ilm-fan iftixori» esdalik ko‘krak nishoni bilan hamda Respublika miqyosida Oliygoh.uz ta’lim platformasida tashkil etilgan «Diagnostik imtihon 2023» loyihasida ishtirok etib, yuqori natijalarga erishib, sertifikatlar bilan taqdirlangan.

 Talaba yoshlarimiz va ularning ustozlari olib borayotgan tadqiqotlar atrof-muhitni yaxshilabgina qolmay, kelajakda yosh olimlarimiz bo‘ladigan talaba yoshlarning ekologiya va atrof-muhit haqidagi bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlashi shubhasiz.