O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 14 fevraldagi PQ-61-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutida «Kelajakka qadam» loyihasi doirasida bir qator amaliy tadbirlar o‘tkazildi.
Institut «Registrator ofis» rahbari I.Sulaymonov va Yoshlar ittifoqi yetakchisi M.Mambetov rahbarligida hamkor tashkilotlar bilan birgalikda «Biznes g‘oyadan tayyor loyihagacha» mavzusida seminar-treninglar, tadbirkorlar bilan master-klasslar hamda «O‘zmilliybank» AJ tomonidan ishlab chiqilgan moliyaviy xizmatlar paketi bo‘yicha taqdimotlar tashkil etildi.
Tadbirlar davomida 900 dan ortiq bitiruvchi va faol talabalar ishtirok etdi. Shuningdek, «Kelajakka qadam» dasturi doirasida «O‘zmilliybank» AJ moliyaviy xizmatlarini targ‘ib qilish o‘tkazilib, 150 nafar bitiruvchi talaba faol ishtirok etdi.
Bugungi kunga qadar 2024/2025-o‘quv yili bitiruvchilariga tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun «O‘zmilliybank» AJ tomonidan kreditlar ajratilishi bo‘yicha tavsiyalar berildi.

(+99861) 229-27-01
ftga_info@edu.uz