Ijara uylardagi talabalarning ijtimoiy holatini o‘rganish ishlari olib borilmoqda
Ijara xonalarida xavfsizlik qoidalariga rioya qilish, yong‘in va favqulodda holatlarning, zaharli gazdan zararlanishning oldini olish bo‘yicha keng ko‘lamli targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda.
Ushbu yo‘nalishdagi ishlarni targ‘ib qilish maqsadida Agrotexnologiya fakulteti dekan o‘rinbosari B.Jumashov fakultet tyutorlari bilan birgalikda talabalar ijara uylaridan xabar oldi va ularning yashash sharoitlarini o‘rganib chiqdi. Xonaning tozaligi, tartib-intizom va umumiy gigiyena talablariga qat’iy rioya qilish kerakligini aytib o‘tdi. Yashab turgan joyidagi osoyishtalikni buzmaslik, jamoat tartibini saqlashga har doim e’tiborli bo‘lishni eslatib o‘tdi.
Shuningdek, inson uchun eng bebaho boylik bu – uning sog‘lig‘idir. Uni asrash har bir inson uchun omonat qilib berilgan narkotik moddalarni qabul qilish inson hayotiga tahdid soluvchi qurol ekanligi va uni tarqatganlik bo‘yicha jazo borligi ta’kidlandi.
