O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 20-oktabrdagi “Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–6084-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Raqamli texnologiyalar vazirligi tizimidagi “Yagona integrator UZINFOCOM” MChJ tomonidan O‘zbek tilidagi matnlar tahririga mo‘ljallangan Tahrirlovchi.uz o‘zbek tili imlo dasturi ishlab chiqildi.
Tahrirlovchi.uz – dasturida quyidagi tadbirlar amalga oshiriladi: matn va so‘zlarni lotin-krill, kirill-lotin grafikasiga onlayn, tez va bexato o‘girish;
matn va so‘zlarni yozilish jihatdan to‘g‘riliginini tekshirish;
barcha yo‘nalishlardagi izohli lug‘atlar bazasi;
sonlarni lotin hamda kirill grafikasida tezkorlik bilan so‘zlarga aylantirish;
Microsoft word hamda microsoft excel fayllarni lotin va kirill grafikasida tezkorlik bilan o‘girish;
rasmlardan matnni ajratib olish.
Ushbu dasturdan xodimlarning kundalik ish jarayonida hujjatlar matnlarini ma’no va imlo jihatdan to‘g‘ri tayyorlashlarida foydalanishlari tavsiya etiladi.