![]() |
Registrator ofis boshliǵiRamazanov Daniyar Baxitbay uli Telefon: +998912643737 Email: daniyarr.bakhitovich@gmail.com |
![]() |
Registrator ofis xizmat ko‘rsatish bo‘limi boshlig‘iSherjanova Fazu Keunimjaevna Telefon: (+99890)-654-15-64 Email: fazusherjanova27@gmail.com |
![]() |
Registrator ofis ma’lumotlar bazasi bo‘lim boshlig‘iMaulenov Azamat Kuralbayevich Telefon: (+99890)-095-52-53 Email: aAzik30a@gmail.com
|
Registrator ofisining tashkil etilishi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev huzurida 2024-yil 6-may kuni oliy ta’limning ustuvor masalalariga bag‘ishlab o‘tkazilgan yig‘ilishda berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash hamda Qishloq xo‘jaligi vazirining 2024-yil 3-iyuldagi 01/27-110-son yig‘ilish bayoni, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi va “Ta’lim sohasidagi loyihalar markazi” loyiha ofisining 2024-yil 9-iyuldagi “Oliy ta’lim tashkilotlarida “Registrator ofisi”ni tashkil etish to‘g‘risida”gi 24-q/q va 2-q/q-sonli qo‘shma qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida Qoraqalpog’iston qishloq xo’jaligi va agrotexnologiyalar instituti rektorining 2025-yil 1-martdan “Registrator ofisi” faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.
Registrator ofisida ko‘rsatiladigan xizmat turlari:
– QR akodli diplom shakllantirish;
– akademik ma’lumotnoma va transkript berish;
– akademik mobillik asosida boshqa oliy ta’lim tashkilotiga yuborilgan talabalarning hujjatlarini tegishli tartibda rasmiylashtirish;
– bitiruvchi talabalar uchun aylanma varaqa yaratish;
– diplom dublikatini olish uchun ariza yuborishga ko‘maklashish;
– imtihon natijalari bo‘yicha apellyatsiya arizalarini qabul qilishni tashkil qilish;
– imtihonlar ro‘yxatini shakllantirish va talabaga taqdim etish;
– institut talabalariga o‘qishni ko‘chirish va qayta tiklash uchun ariza yuborishga ko‘maklashish;
– institutga ikkinchi ta’limga kirish uchun abiturientlarga onlayn ariza topshirishiga ko‘maklashish;
– institutning magistratura bosqichiga kirish uchun abiturientlarga onlayn ariza topshirishiga ko‘maklashish;
– oliy ta’lim olganlik haqidagi diplom ma’lumotlarini qo‘shish yoki tahrirlash uchun talabgorlarga ariza yuborishga ko‘maklashish;
– stipendiya va turli grant tanlovlarida ishtirok etish uchun ariza qabul qilish;
– talabaga o‘zining GPA ko‘rsatkichi haqida ma’lumotnoma taqdim etish;
– talabalar davomatini amaldagi tartibga asosan sababli va sababsiz holatga o‘tkazish;
– talaba uzrli sabablarga ko‘ra (kasal, yaqin qarindoshining betobligi yoki vafoti, tug‘ruq holati kabilar) oraliq va (yoki) yakuniy nazorat turiga kirmagan talabalar uchun tegishli fanlardan shaxsiy grafik yaratish;
– talabalar hujjatlarini qabul qilish va arxivga topshirish;
– talabalarga imtihon natijalarini taqdim etish;
– talabalarga qayta o‘qish uchun ariza berishga ko‘maklashish;
– talabalarga turli xil ma’lumotnoma (o‘qish joyidan, harbiy bo‘limdan v.b.)lar berish;
– talabalarga o‘quv varaqa taqdim etish;
– talabalarga fan resurslari bo‘yicha ma’lumot taqdim etish;
– talabalarni HEMIS platformasida keyingi kursga o‘tkazish;
– talabalarni o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari haqida ma’lumot taqdim etish;
– talabalarning joriy, oraliq va davomat natijalariga ko‘ra yakuniy nazoratlarda ishtirok etishiga ruxsat berish;
– talabalarning parolini tiklash;
– talabalarning tyutorlar tomonidan to‘g‘ri to‘ldirilgan shaxsiy hamda o‘quv ma’lumotlarini tahrirlash;
– talabalik guvohnomasini tayyorlash va talabalarga taqdim etish;
– talabani bir guruhdan ikkinchi guruhga ko‘chirib o‘tkazish;
– tashqi xizmatlar: Ijtimoiy himoya reestri va ayollar daftarida turuvchi talabalar yagona reestri bazasidan sinxronizatsiya qilib ro‘yxat shakllantirish;
– o‘qishini ko‘chirishga tavsiya etilgan, o‘qishga tiklangan yoki kursda qolgan talabalarning o‘quv rejalaridagi fanlar farqini aniqlash;
– o‘quv dasturlari haqida ma’lumot berish.
– talabalarga yotoqxonalarga joylashish uchun ariza berishga ko‘maklashish;
– ijara subsidiyasi uchun ariza yozishga ko‘maklashish.
– talabalarga o‘qish joyidan ingliz tilida ma’lumotnoma berish;
– turli xalqaro grantlar va akademik mobillik dasturlari bo‘yicha ma’lumotlarni taqdim etish;
– o‘qishga qabul qilingan xorijlik talabalarni elektron tizimda ro‘yxatga olish va fanlarga biriktirish;
– xorijiy oliygohlarda tahsil olishda konsultatsiya berish;
– xorijlik talabalar uchun viza xizmatlarini amalga oshirish;
– xorijlik talabalarga to‘lov-shartnomalarini taqdim etish;
– xorijlik talabalarni O‘zbekiston Respublikasida vaqtinchalik ro‘yxatga qo‘yish xizmatlarini amalga oshirish;
– xorijlik talabalarni o‘qishga qabul qilish bo‘yicha konsultatsiya berish, ariza va talab etiladigan hujjatlarni ko‘rib chiqish uchun qabul qilish;
– qayta o‘qishga shartnoma berish; stipendiya to‘g‘risida ma’lumotnoma berish;
– hisob varag‘ini shakllantirib berish;
– talabalarga to‘lov-shartnomasi olish uchun ariza berishga ko‘maklashish;
– talabaning yotoqxonalarga joylashish shartnomasi bo‘yicha qarzdorligi va haqdorligi haqida ma’lumot berish;
– talabaning qayta o‘qish shartnomasi bo‘yicha qarzdorligi va haqdorligi haqida ma’lumot berish;
– talabaning to‘lov-shartnomasi bo‘yicha qarzdorligi va haqdorligi haqida ma’lumot berish;
– to‘lov-shartnoma summasi haqida ma’lumot berish;
– bitiruvchi talabalarga bo‘lg‘usi ish o‘rni to‘g‘risida kengroq axborotlar berish, mehnat yarmarkalarni o‘tkazishga ko‘maklashish.
– grantlar va tanlovlar haqida ma’lumot berish;
– ilmiy konferensiyalar haqida ma’lumot berish;
– innovatsion g‘oya va startaplarni ro‘yxatdan o‘tkazishga ko‘maklashish;
– nomdor stipendiyalar haqida ma’lumot berish;
– ilmiy loyihalar to‘g‘risida konsultatsiya berish;
– ustoz-shogird maktabiga a’zo bo‘lishga ko‘maklashish.
– talabalarga tibbiy sug‘urta olish uchun yordam berish;
– o‘qishga qabul va o‘qishni ko‘chirish yuzasidan konsultatsiya berish; talabalarga ishga joylashish borasida tavsiyalar berish;
– talabalarga institutda mavjud turli xizmatlar va resurslar haqida ma’lumot berish.


