![]() |
Uzakova Farida Bayram qızı 2024 yil Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutining Zooinjeneriya fakultetining Ipakchilik va tutchilik ta’lim yo‘nalishini tamomladi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2023 yil 4 dekabrdagi 516-sonli buyrug‘i asosida Uzakova Farida Bayram qizi Beruniy nomidagi davlat stipendianti bo‘ldi.2024-2025 o‘quv yilidan «Ipakchilik va tutchilik» yo‘nalishining magistranti. «Tut ipak qurtining yangi yaratilgan duragaylarining biologik ko‘rsatkichlariga tashqi muhitning ta’sirini ilmiy asoslash (Qoraqalpog‘iston sharoitida) » mavzusi bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqda. Xalqaro konferensiyalarda va Respublika miqyosida maqolalari chop etilib, ilmiy va ilmiy-amaliy konferensiyalarda faol ishtirok etib kelmoqda. |
![]() |
Uzakova Altınay Jeńisbay qızı 2024-yil Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutining Agrobiologiya fakultetining Qishloq xo‘jaligi ekinlari seleksiyasi va urug‘chiligi ta’lim yo‘nalishini tamomladi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2023 yil 4 dekabrdagi 516-sonli buyrug‘i asosida Uzakova Oltinoy Jenisbay qizi Ibroyim Yusupov nomidagi davlat stipendianti bo‘ldi. 2024-2025 o‘quv yilidan «Seleksiya va urug‘chilik» yo‘nalishining magistranti. «Qoraqalpog‘iston sharoitida bahorgi bug‘doy navlarini tanlash» mavzusi bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqda. Xalqaro konferensiyalarda va Respublika miqyosida maqolalari chop etilib, ilmiy va ilmiy-amaliy konferensiyalarda faol ishtirok etib kelmoqda. |
![]() |
Turdımuratova Gúliyda Nókisbay qızı 2023-yil Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutining Zooinjeneriya fakultetining Yilqichilik va Tuyachilik ta’lim yo‘nalishini tamomladi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 14-fevraldagi 52-sonli buyrug‘i asosida Turdimuratova Gulida Nukisbay qizi To‘lepbergen Qayipbergenov nomidagi davlat stipendianti bo‘ldi. 2022-2023 o‘quv yilidan «Naslchilik» yo‘nalishi magistranti. «Naslli sport otlarining eksterer, interer va konstitutsiya ko‘rsatkichlarining o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganish» mavzusi bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqda. Xalqaro konferensiyalarda va Respublika miqyosida maqolalari chop etilib, ilmiy va ilmiy-amaliy konferensiyalarda faol ishtirok etib kelmoqda. |