- 2025-yil 11-mart sanasida Oliy o‘quv yurtlari o‘rtasida sportning stol tennisi turi bo‘yicha «Talabalar Ligasi» musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Musobaqa yakunida 1-o‘rinni Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti, 2-o‘rinni Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti hamda 3-o‘rinni Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti jamoalari sovrinli o‘rinlarni egallab qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.
- 2025-yil 6-fevral Qoraqalpog‘iston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va Yoshlar o‘rtasida giyohvandlik vositalari va psixatrop moddalar tarqalishining oldini olish maqsadida sportning «Voleybol» turi bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tdi. Ushbu musobaqada Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti yoshlaridan tuzilgan jamoa 1-o‘rinni egallashga muvaffaq bo‘ldi. Sportchilarimizni qo‘lga kiritgan g‘alabalari bilan tabriklaymiz va oldinda o‘tkaziladigan musobaqalarda muvaffaqiyatlar tilaymiz. Voleybolchilarni musobaqaga murabbiylar R.Kazakov, Z.Allaniyazov, A.Xannazarov va A.Yesimbetovlar tayyorladi.