Yangi hayot uchun, yangi O’zbekiston uchun.
«Yangi hayot uchun, yangi O’zbekiston uchun» shiori ostida «Mahallada duv-duv gap» nomli madaniy-ma’rifiy, madaniy-musiqiy tadbir Qoraqalpog’iston qishloq xo’jaligi va agrotexnologiyalar institutida bo’lib o’tdi. Tadbirni institut prorektorı R. Ibragimova ochib berdi.
Yangi O’zbekistonnı rivojlantirish bugungi kunning dolzarb vazifalarining biriga aylanmoqda. Biz tinch va obod yurtda yashamoqdamiz. Barchamiz buning qadriga yetishimiz kerak. Respublikamız bo’ylab keng turda o’tkazilib kelinayotgan tadbirlarning bosh maqsadi ham, yoshlarga Yangi O’zbekistonni tanitish va rivojlangan mamlakatlar qatorida ekanligini bildirish demakdir.
O’tkazilgan tadbirga tashrif buyurgan Nukus shahar madaniyat bo’limi mutaxassislari, Q. Yusupov, A. Otepbergenov, B. Bekimbetov, Z. Qallibekovlar so’zga chiqishib, talaba yoshlarga Yangi O’zbekistonni rivojlantirish mavzusida, mamlakatimizda olib borilayotgan yangilanıshlar haqida yaxshi tushunchalar berib o’tdi.