Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 4-iyundagi PQ-200 qarorining amalga oshirilishini taʼminlash boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, ilm va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 18-yanvardagi 16-sonli buyrugʻiga asoslanib Qoraqalpogʻiston qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar institutida 2024-yil 31-may kuni «Orolboʻyi sharoyiti uchun suv eksportbob suv tanqisligi va tuproq shoʻrlanishiga bardoshli intensiv navlar, texnologiyalar va yangi resurstejamkor gʻoyalar joriy etish» boʻyicha xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya boʻlib oʻtadi.
Konferensiyada quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha seksiyalarning ish olib borilishi rejalashtirilgan:
1-seksiya | Aqlli qishloq xo’jaligini tashkil qilishda dehqonchilik seleksiya va urugʻchilikni rivojlantirish masalalari. |
2-seksiya | O’simlikshunoslik, meva-sabzavot va poliz ekinlarini yetishtirish, agrokimyo, o’simliklarni himoya qilish muammolarini hal qilishda ilmiy qarashlar. |
3-seksiya | Landshaft zonalarda o’rmonchilik va dorivor o’simliklarni yetishtirish maqsadlarida foydalanish. |
4-seksiya | Qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalashtirish, suv xo’jaligi, melioratsiya va yer kadastri bo’yicha olingan natijalar. |
5-seksiya | Zootexnika, veterinariya, baliqchilik va ipakchilik sohasini rivojlantirish. |
6-seksiya | Qishloq xo’jaligida raqamli iqtisodiyotning o’rni, agrobiznesni rivojlantirishning huquqiy asoslari. |
7-seksiya | Qishloq xo’jaligini rivojlantirishda gumanitar va aniq fanlarning roli, tillar, shu jumladan chet tillari va ITning ahamiyati. |
8-seksiya | Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash texnologiyasini ishlab chiqarish sektori bilan integratsiyasini yo’lga qo’yishning ahamiyati. |
Konferensiyaga berilgan ilmiy materiallar respublikamizda va xalqaro zamonaviy dolzarb masalalari, muammolarning echimiga qaratilgan yoki muhim ahamiyatga ega bo’lgan vazifalarni o`z ichiga olgan bo`lishi kerak. Konferensiyaning tashkillashtirish qo’mitasi tomonidan konferensiyaga berilgan materiallarni nashr qilish rejalashtirilgan. Konferensiyaga tashqi yoki stendli ma’ruzalar bilan qatnashgan ishtirokchilarga materiallar to’plami va mukofotlar etkazilib beriladi.
Konferensiyaga yuboriladigan materiallarni rasmiylashtirish talablari:
Materiallar hajmi 4-5 varoqdan kam bo’lmagan va 6 varoqdan oshmagan bo’lishi kerak.
Matn A4 formatli oq qog’ozga yoki elektron shaklda topshiriladi. Ma’ruzalar materiallari raqamlanmaydi va Microsoft muharririda Times New Roman 14 o’lchamida (interval 1,5) *.rtf*, *.doc* formatda. Konferensiya materiallari aniq seksiyalar bo’yicha qabul qilinadi. Shu sababli seksiya bo’yicha mas`ullarga yetkazib berilishi talab qilinadi. (seksiyalarga mas`ullar quyida keltirilgan).
Matnda adabiyotlarga to’g’ridan-to’g’ri iqtiboslar tik qavsta muallifning familiyası va iqtibos ishlangan ilmiy mehnatning beti beriladi. Matnning oxirida foydalanilgan adabiyotlarning ro’yhati beriladi. Berilgan ma’lumotlarning ilmiy-nazariy asoslanganligi va metodologik tomonlari bo’yicha mualliflar masʼul hisoblanadi. Matn nomi bosh harflar bilan, keyingi qatorga o’tkazilmasdan o’rtada yoziladi. Keyin kichik harflar bilan mualliflarning familiyasi, ismi, otasining ismi ko’rsatiladi. Ma’ruza muallifining ismi, otasining ismi familiyasinin` ostida yoziladi. Familiyalar ostida shahar, davlat, ish o’rni ko’rsatiladi. O’ndan so’ng 1,25 xatboshiga e’tibor berib matn joylashtiriladi. Matnda diagramma, gidogramma, va foto rasmlari, jadvallar berilishi mumkin.
Konferensiyaning ishchi tillari: qoraqalpoq, o’zbek, rus va ingliz.
Materiallarni tashkillashtirish qo’mitasiga berish muddati va to’plamga kiritish to’lamlari
Toplamǵa kiritiladigan materiallarning bir varag`i uchun to’lami 25 000 (yigirma besh mıng) so’m. Konferensiya materiallarining o’z vaqtida nashr etilishini ta’minlash maqsadida sizdan 2024-yil 15-maydan kechiktirmasdan materiallarni jo’natishingizni so’raymiz. Talaplarga javob bermaydigan va belgilangan muddattan kechigib kelib tushgan materiallar t o’plamga kiritilmaydi.
Mánzil: 230101 Qoraqalpog’iston Respublikası Nukus shahri, Qoraqalpog’iston qishloq xo’jaligi va agrotexnologiyalar instituti , B.Abdambetov ko’chasi, raqamsiz uy, Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy pedagog kadrlar tayyorlash bo’limi.
Konferensiya materiallarıni qabul qilishga masʼullar:
Aytjanov Baxıtjan Uzaqbaevich, telegramm (+99891) 303-27-89 elektron pochta aytjanov1974@mail.ru, Panaeva B. +(99897) 788-08-90
MAQOLANI YOZISH NAMUNASI
QORAQALPOG’ISTON SHAROYITIDA SHOLINING NUKUS-70 NAVINING BIRLAMCHI URUG`CHILIGINING OLIB BORISH NATIJALARI
B.Axmedov, O.Abıllaev (b_ahmedov@tdaunukus.uz)
Qoraqalpog‘iston qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti
Matn yozilganda kirish bo’limini, tajribaning dolzarbligi va amaliyotdagi ahamiyati, tadqiqot obyekti va metodikasini, ilmiy tadqiqotlar natijalari va xulosalarini qisqacha o’z ichiga olgan holda yozilishi lozim.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati
- Dospexov B.D. Metodika polevıx opıta (4-oe izd.). – M.: Kolos, 1986. – 415 s.
- 2. Genkel` P.A. Osnovnıe puti izucheniya fiziologii
zasuxoustoychivosti rasteniy. // V kn. «Fiziologiya zasuxoustoychivosti rasteniy». -Moskva, 1971. -S. 5-27.