Dlanova Gulziyba Gulimbet qizi Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti «Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash va suv xo‘jaligi» fakulteti Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ta’lim yo‘nalishi talabasi bo‘lgan kunlaridan bilimga chanqoq, tirishqoqligi bilan tengdoshlari orasida ajralib turardi. U institutimizda ustozlari bilan birga olib borgan ilmiy-tadqiqot ishlarining samaradorligini oshirish maqsadida Hurmatli Prezidentimiz va institutimiz rektori tomonidan yaratilgan.
imkoniyatlardan to‘liq va unumli foydalana oldi. Shuningdek, respublika va xalqaro konferensiyalarda ilmiy maqolalari bilan muntazam ishtirok etib kelgan. Albatta qilingan mehnat bugun o‘z samarasini berdi va u 2024-2025-o‘quv yilida Prezident stipendiyasi g‘olibi bo‘lish baxtiga muyassar bo‘ldi.
——————————————————————————————————————————————————————–
Sevara Urazbayeva Maxmudovna Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti «Agrotexnologiya va o‘rmonchilik» fakulteti O‘rmonchilik ta’lim yo‘nalishiga talabalikka qabul qilingan kunidan boshlab o‘zining tirishqoqligi bilan o‘z tengdoshlari orasida ajralib turdi. Bugungi kunga qadar 10 dan ortiq ilmiy maqolalarini Respublika va xalqaro jurnallarda chop etib, bilimga bo‘lgan qiziqishi natijasida 2024-2025-o‘quv yilida «To‘lepbergen Qayipbergenov» nomidagi davlat stipendiyasi sohibi bo‘lishga erishdi hamda bugungi kunda institutimizda Yoshlar akademiyasi yetakchisi darajasida faoliyat olib bormoqda.
———————————————————————————————————————————————————————-
Joldasbayeva Uljan Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti Zooinjeneriya fakulteti «Axborot tizimlari va texnologiyalari» (qishloq xo‘jaligida raqamli texnologiya) ta’lim yo‘nalishi talabasi.U talaba bo‘lgan kunidan boshlab bilimga chanqoq va o‘z ziyrakligi bilan boshqa talabalardan ajralib turdi.
2022 yilda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligining Intellektual tadqiqotchi ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi va bugungi kunga qadar 15 dan ortiq ilmiy maqolalarini Respublika va xalqaro jurnallarda chop etib kelmoqda.
Ushbu yutuqlari natijasida 2024-2025 o‘quv yilida «Beruniy» nomidagi davlat stipendiyasi sohibi bo‘lishga erishdi.
———————————————————————————————————————————————————————-
Jaqsimova Zuhra Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti talabasi. Toshkent shahrida 2023 yil 13 yanvarda «Ilm-fan iftixori» konferensiyasida o‘zining ilmiy maqolasi bilan qatnashib «Ilm-fan iftixori» ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.Hozirda 15 dan ortiq ilmiy maqolalarini Respublika va xalqaro jurnallarda chop etib kelmoqda va 2024-2025 o‘quv yilida «Islom Karimov» nomidagi davlat stipendiyasi sohibi bo‘lishga erishdi.
———————————————————————————————————————————————————————-
Sayipnazarova Qumar Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti «Agrotexnologiya va o‘rmonchilik» fakulteti Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va dastlabki qayta ishlash texnologiyasi mutaxassisligi talabasi.
Bugungi kunga qadar 15 dan ortiq ilmiy maqolalarini Respublika va xalqaro jurnallarda chop etib, 2022 yilda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligining «Eng yaxshi xizmatlari uchun» ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi hamda o‘zining izlanuvchanligi va ustozlari bergan bilimlari natijasida 2024-2025 o‘quv yilida «Beruniy» nomidagi davlat stipendianti bo‘lishga muyassar bo‘ladi.
———————————————————————————————————————————————————————-
Ishmuradova Aysafar Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti talabasi. 2022 yilda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligining Intellektual izlanuvchi ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi, bugungi kunga qadar 15 dan ortiq ilmiy maqolalarini Respublika va xalqaro jurnallarda chop etib kelmoqda, shu jumladan 2024 o‘quv yilida xorijiy tillarga bo‘lgan qiziqishi asosida B2 darajadagi sertifikat sohibi bo‘ldi.
Shunday yuksak natijalari yuqori baholanib, 2024-2025 o‘quv yilida «Ibroyim Yusupov» nomidagi davlat stipendiyasi sohibi bo‘lish baxtiga muyassar bo‘ldi. Stipendiatimizga kelgusi o‘qishlarida muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.