Xush xabar!  «O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimida ma’naviy-ma’rifiy ishlar namunali yo‘lga qo‘yilgan tashkilot» tanlovi doirasida tashkilot va muassasalar faoliyatini o‘rganish va baholash jarayonidagi faol ishtiroki uchun Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutining professor-o‘qituvchilari TASHAKKURNOMA bilan taqdirlandi.

Ushbu yutuq bilan professor-o‘qituvchilarimizni institutimiz jamoasi nomidan samimiy tabriklaymiz va kelgusi faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tilab qolamiz!