Professor-o‘qituvchilarimiz ilmiy safarda

•┄┄┄┄༻❅༺┄┄┄┄•༻❅༺•┄┄┄┄༻❅༺┄┄┄┄•

Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutining bir qator professor-o‘qituvchilari Qozog‘iston Respublikasidagi M.Avezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston tadqiqot universitetida malaka oshirish, tajriba almashish va hamkorlik qilish maqsadida xizmat safarida bo‘lib turibdi.

🤔U yerda professor-o‘qituvchilar, malakasini oshirish bilan birga tegishli fakultet va kafedralar bilan hamkorlik qilish, talabalarga master-klass darslarini o‘tishi, shuningdek talabalarning akademik mobilligi, yetakchi professor-o‘qituvchilarni institutimizda dars o‘tishga jalb qilish va birgalikda maqolalar chiqarish bo‘yicha ishlar rejalashtirilgan.