14 fevral kuni T.Oserbayevaning 70 yilligiga bag‘ishlab «Yoshlar tarbiyasida olima ayol-qizlarning o‘rni» mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

 Har bir jamiyatning taraqqiyoti va ravnaqi bevosita uning a’zolarining bilimi, ma’rifati va ma’naviyati bilan chambarchas bog‘liq. Ayniqsa, xotin-qizlarning bilimli bo‘lishi – butun jamiyat rivoji va kelajak avlodning yetuk inson bo‘lib shakllanishida muhim omildir. Ilmli ayol – bu nafaqat o‘zining hayotini, balki butun jamiyat kelajagini yoritadigan nurdir.
 Oserbayeva Tamaraxon Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti “O‘simlikshunoslik, o‘rmonchilik va landshaft dizayni” kafedrasi professori vazifasini bajaruvchi, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi. Xalqaro “Antique world” (Antikue world) fanlar akademiyasining doktori. 2009-yildan O‘zbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qo‘mitasi “Olima” uyushmasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi raisi.
 “Qoraqalpog‘iston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan qishloq xo‘jaligi xodimi”, “Qoraqalpog‘iston Respublikasi ta’lim a’lochisi”, “O‘zbekiston Respublikasi xalq xo‘jaligi fidoyisi” va “Mo‘tabar ayol” ko‘krak nishoni sohibasi.
 Konferensiyada Qoraqalpog‘iston Respublikasi “Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi” bosh mutaxassisi B.Jaksimuratova, Ajiniyoz nomidagi NDPIning “Olima” uyushmasi rahbari A.Pirniyazova, Muhammad Al Xorazmiy nomidagi TATU Nukus filialining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha direktor maslahatchisi X.Omarova, QQDUning xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi I.Seytnazarova va institutimiz pirovessor o‘qituvchilar o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etdi.