O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 6 oktyabrdagi «Axborot texnologiyalari sohasidagi ta’lim tizimini yanada jadallashtirish, ilmiy-tadqiqotlarni rivojlantirish va IT-industriya bilan integratsiyalash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-4851-sonli qaroriga muvofiq Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti tomonidan umumta’lim maktablari bitiruvchilari o‘rtasida
«INFORMATIKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI» fani bo‘yicha olimpiada tashkil etildi.
Dastlab institutimiz rektori B.Jollibekov o‘tkazilayotgan olimpiada ishtirokchilariga institutimiz haqida va bugungi kunda IT sohasining ahamiyati qishloq xo‘jaligidagi o‘rni haqida ma’lumotlar keltirib, ishtirokchilarga omad tiladi va olimpiadani ochiq deb e’lon qildi.
Shundan so‘ng tashkilotchilar tomonidan olimpiada tartib qoidalari tushuntirib o‘tildi va ishtirokchilar o‘zlari uchun tayyorlangan joylarga borib joylashishiga ruxsat berildi. Qariyb 3 soat davom etgan olimpiada jarayonini ota-onalar va ustozlar onlayn kuzatib borishi uchun shartli sharoit yaratildi.
Olimpiada yokuniga ko‘ra Shumanay tumani 7-sonli maktab tarbiyalanuvchisi Tolepov Islom Mamit o‘g‘li g‘olib bo‘ldi. G‘olibni institutimiz rektori B.Jollibekov tabriklab, institutimiz tomonidan tayyorlangan qimmatbaho sovg‘a va faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi. Olimpiadada faol ishtirok etgan ishtirokchilar ham institutimiz tomonidan faxriy yorliq bilan taqdirlandi.

(+99861) 229-27-01
ftga_info@edu.uz