Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutining «Axborot texnologiyalari, matematika, fizika va kimyo» kafedrasi dotsenti S.J.Omarova «Zooinjeneriya» fakulteti «Zooinjeneriya» ta’lim yo‘nalishi 1-kurs qoraqalpoq guruhi talaba yoshlari bilan birga Qoraqalpoq davlat universitetining «Kimyo-texnologiya» fakultetining mutaxassis o‘qituvchilarining ko‘rgazmali laboratoriya darslarida ishtirok etdi. Talaba yoshlarga Qoraqalpoq davlat universiteti «Kimyo-texnologiya» fakultetining «Organik va noorganik kimyo» kafedrasi dotsenti G.Genjemuratova va assistent o‘qituvchi A.Abdreymov «Kimyo klaster va ilmiy tadqiqot» laboratoriyasida laboratoriya mashg‘ulotlari o‘tkazildi. Bundan ko‘zlangan maqsad institutimiz talaba yoshlarining ko‘rgazmali laboratoriyalar orqali o‘zlarining olgan bilim va ko‘nikmalarini yanada chuqurlashtirishdan iborat.

(+99861) 229-27-01
qaxai_info@tdaunukus.uz