O‘zbekiston qahramonlari, I.Yusupov va T.Qayipbergenovlar xotirasiga bag‘ishlab “O‘simlikshunoslik, o‘rmonchilik va landshaft dizayn” kafedrasi assistenti Nargiza Kamalova va fakultet tyutori Abadan Reyipovalar tomonidan O‘rmonchilik ta’lim yo‘nalishi 3-4-kurs talabalari bilan hamkorlikda “Aziz insonlar” nomli adabiy kecha tashkil etildi.