2025-yil 21-aprel kuni Qoraqalpogʻiston Qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti «Axborot texnologiyalari, matematika, fizika va kimyo» kafedrasi professor-oʻqituvchilari tomonidan Xojayli tumani 2-son texnikumida Avtomobil dvigatellarini diagnostiklash va tuzatish yonalishi 2-kurs oʻquvchilariga 2025-2026 oʻquv yilida  abituriyentlarni Institutga yoʻnaltirish boʻyicha targʻibot ishlari va mahorat darslari oʻtkaziladi.

 Texnikum direktorı J. Faytaqbaev chiqib, institut bilan bog’liqlik aloqalari yo’lga qo’yilganligini aytib, kegan professor o’qituvchilar bilan talabalarni tanishtird.  » Axborot texnologiyaları, matematika, fizika va kimyo» kafedrası vaqtincha vazifasimi bajaruvchi  assistent A.Mambetov, dotsent T. Bauatdinov va assisent G.Pirniyazova, G.Tursınbaevalarga so’z berdi. Ular 2025-2026 oʼquv yili uchun qabul qilish jarayoni boshlanganligi haqida  aytib o’tdilar va talabalarni oʼqishga taklif  qildilar. Institutda axborot tizimlari va texnologiyalari , veterinariya,  zooinjeneriya, suv bioresurslari va akvakulturasi yoʻnalishlari boʻyicha bakalavr taʼlimi mavjudligi, kunduzgi va tashqi taʼlim olish imkoniyati mavjudligi taʼkidlandi. Shuningdek, o’quvchilarga barcha sharoitlarga mos yotoqxonalar mavjudligi haqida ma’lumot berildi.

 Shuningdek, xorijiy mamlakatlar bilan tajriba almashinuvi doirasida talabalarni chet elga o’qishga tayyorlash bo’yicha choralar ko’rilgani, shu jumladan, talabalarni tajriba almashinuviga tayyorlash uchun til kurslari tashkil etilgani haqida gapirib o’tdi. Bakalavr darajasidan keyin magistratura darajasiga oʻtish, doktorantura bosqichida  xorijiy mamlakatlarning TOP 1000 universitetlarida oʻqish imkoniyati borligini taʼkidladi. Institut haqida videorolik taqdim etildi.  Keyin oʻquvchilar oʻzlari qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.