Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalari instituti “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” kafedrasi professor-o‘qituvchilari B.N.Ramazanov va R.B.Kengesbayevlar 60810100-Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash bakalavr ta’lim yo‘nalishi 2-bosqich talabalariga o‘quv rejada ko‘rsatilgan “Agroinjenerlik” o‘quv-tanishuv amaliyotini kadrlar tayyorlashda hamkorlikda ishlash bo‘yicha tuzilgan shartnoma asosida “O‘zagrolizing” AJ Qoraqalpog‘iston filialiga yuborilgan edi.
Amaliyot o‘tish davrida hozirgi vaqtda mamlakatimiz qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirishni jahon talablariga mos ravishda zamonaviy texnika va mashinalar bilan ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar, olib kelingan zamonaviy texnikalar bilan yaqindan tanishish, ularning tuzilishi, ularni boshqarish, ishlash tartibi, texnologik operatsiyalarni amalga oshirishga tayyorlash va sozlash bo‘yicha olingan nazariy bilimlarni samarali qo‘llash bo‘yicha ko‘nikmalarga ega bo‘lishmoqda.

(+99861) 229-27-01
qaxai_info@tdaunukus.uz