Taxiatosh tumani politexnikumi o‘quvchilari va o‘qituvchilariga Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti Ipakchilik kafedrasi assistentlari Z.Ibragimova, E.Jeymuratov va R.Mambetovalar tomonidan o‘tkazilgan mutaxassislikka yo‘naltirish Master klass darsi davomida mutaxassislikka yo‘naltirish bo‘yicha dars dasturi o‘tib, o‘quvchilarga mutaxassislik bo‘yicha ma’lumot va tushunchalar berildi va mahorat darsi savol-javoblar o‘quvchilar bilan uzviy bog‘liqlikda o‘tkazildi. Ushbu masala bo‘yicha Taxiatosh tumani politexnikumi direktori J.Kamalov so‘zga chiqib, u o‘z so‘zida, Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti Ipakchilik kafedrasi o‘qituvchisi tomonidan o‘tkazilgan mutaxassislikka yo‘naltirish bo‘yicha o‘quv mahorat darsi Ipakchilik kafedrasida qilinayotgan ishlar haqida tushunchalar berganligi, shuning bilan birga tarqatma materiallardan foydalanib o‘quvchilarni shu yo‘nalish bo‘yicha qiziqtira olgani haqida ta’kidlab o‘tdi.