Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti hamda Xo‘jayli tumani 2-sonli politexnikumi O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2022-yil 14-iyuldagi «Oliy o‘quv yurtlari va ularning filiallariga biriktirilgan texnikumlarda tegishli kafedralarning filiallari hamda o‘quv laboratoriyalari faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida»gi 226-sonli va 2025-yil 25-fevraldagi «Oliy ta’lim tizimida dual ta’limni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 77-sonli buyruq talablaridan kelib chiqib Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti «Gumanitar fanlar va tillar» kafedrasining bir qator professor-o‘qituvchilari institutga biriktirilgan Xo‘jayli tumani 2-sonli politexnikumiga borib mahorat darslarini o‘tdi. Jumladan, assistent o‘qituvchilardan Z.Toreniyazova «How imptove speaking skill in learning English» , G.Ataxanovava «About tests of writing skill», M.Kulimova «Job stress», P. Jawmitbaeva «Using realia in teaching English» mavzularida keng tushunchalar berdi. O‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldi.

(+99861) 229-27-01
qaxai_info@tdaunukus.uz