Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti hamda Kegayli tumani 2-sonli politexnikumi O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2022-yil 14-iyuldagi «Oliy o‘quv yurtlari va ularning filiallariga biriktirilgan texnikumlarda tegishli kafedralarning filiallari hamda o‘quv laboratoriyalari faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida»gi 226-sonli va 2025-yil 25-fevraldagi «Oliy ta’lim tizimida dual ta’limni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 77-sonli buyruq talablaridan kelib chiqib, Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti «Gumanitar fanlar va tillar» kafedrasining bir qator professor-o‘qituvchilari institutga biriktirilgan Kegayli tumani 2-sonli politexnikumiga borib mahorat darslarini o‘tdi. Jumladan, docent M. Abdullaev “English is a communicative language”, assistant J. Shamuratov “English as a specific purposes” mavzularida keng tushunchalar berdi. Ko’rsatmali qurollarda va plakatlarda darslar o’tildi. O‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldi.

(+99861) 229-27-01
qaxai_info@tdaunukus.uz