Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalari instituti “Suv xo’jaligi va yerdan foydalanish” kafedrasi assistenti R.Zabidullaeva Nukus tumani № 27 o‘rta ta’lim berish maktabida bitiruvchi 11-sinf o‘quvchilariga Master-klass darslarini o‘tish borasida maktab o‘quvchilarini kasbga yo‘naltirish va oliy o‘quv yurtlariga tortish maqsadida yoshlar bilan uchrashdi va suhbatlar olib bordi.

 Suhbat davomida maktab yoshlarining “Yer kadastri va yer tuzish” mutaxassisligiga qiziqishini orttirish maqsadida Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalari instituti haqida va talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar, fakultet ichki tuzilmasi, yutuqlari, talabalar turar joylari, har xil tanlovlar, stependiya turlari va egalari haqida ma’lumotlar berildi. Uchrashuv mazmunlı va qızıqlı o‘tdi.