Oliy o‘quv yurti talabasi bo‘lish nafaqat abituriyentlar, balki ularning ota-onalari ham farzandlarining bu baxtga erishishini xohlashi shubhasiz.

 Respublikamiz bo‘ylab test sinovlari 14-iyul sanasidan boshlab davom etayotgan bo‘lsa-da, bugungi test sinovlari ko‘pchilik yoshlar uchun o‘z hayotida burilish yasashi mumkin bo‘lgan kun hisoblanadi.

 Bu test sinovlarining adolatli, ochiq-oshkora va xavfsiz o‘tishini ta’minlash maqsadida Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti ma’muriyati rahbariyati boshchiligida professor-o‘qituvchilar, test jarayonlariga biriktirilgan mas’ul xodimlar, volontyorlar faol ishtirok etmoqda.

 Bundan tashqari nafaqat abituriyentlarga, balki ularning ota-onalari uchun ham Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti rahbariyati va mas’ul idoralar tomonidan institutimizning katta majlislar zalida abituriyentlarning test sinovlarini muvaffaqiyatli topshirishini kuzatib borish, kutish joylari, test jarayonini onlayn kuzatish imkoniyati, shuningdek, boshqa zarur sharoitlar yaratilgan.