Institut boyınsha «Studentlerdiń oqıwın kóshiriw (qayta tiklew) boyınsha dizimnen ótkerilgen arzalardı óz wákilligi sheńberinde kórip shıǵıw komissiyasınıń jumısın shólkemlestiriw maqsetinde» jumısshı topar dúzilgenligin xabarlaydı. Onda puqaralar tárepinen beriletuǵın sorawlarǵa tez hám anıq juwap beriw maqsetinde Qaraqalpaqstan awıl xojalıǵı hám agrotexnologiyalar institutında Másláhát orayı (Call-center) shólkemlestirildi. Isshi topar baslıǵı A.Maulenov, Isshi topar aǵzaları R.Ubaydullaev, M.Mambetov Baylanısıw ushın Tel:+998 (61) 2292689

 O‘QISHNI KO‘CHIRISH TALABI RAD ETILISHIGA ASOSIY SABABLAR!

 Jumladan;

 1. Xorijiy davlatlarning akkreditatsiyaga ega bo’lmagan oliy ta’lim muassasalarida yoki ularning filiallarida o’qiganlarga;

 2. Respublika oliy ta’lim muassasalaridagi mavjud ta’lim shaklidan o’zga (boshqa) ta’lim shaklida o’qiganlarga;

 3. Birinchi kursning birinchi semestr tugallanmagan holatda bo‘lsa (talabaga kasallik tufayli akademik ta’til berilgan holatlar, o’qigan ta’lim yo’nalishi mavjud bo’lmaganda ko’chirib tiklash holatlari bundan mustasno);

 4. Oliy ta’lim muassasasida mos (turdosh) ta’lim yo’nalishi (mutaxassisligi) yoki ta’lim shakli mavjud boʻlmasa;

 5. To’lov-kontrakt asosida o’qishga tavsiya etilganlar to’lovni belgilangan muddatda amalga oshirmaganda;

 6. Talabaning shaxsiy yig’ma jildi (akademik ma’lumotnoma) belgilangan muddatlarda taqdim etilmaganda;

 7. Oliy ta’lim muassasasi moddiy-texnika bazasining imkoniyati cheklanganda;

 8. Maqsadli qabul qilinganlar boshqa ta’lim yo’nalishi yoki ta’lim shakliga, boshqa oliy ta’lim muassasasiga ko‘chirishda;

 9. Talaba Oʻzbekiston va xorijiy oliy ta’lim muassasalarining o’zaro kelishuvi asosida qabul qilinib qo’shma ta’lim dasturlari asosida tahsil olgan yoki tahsil olayotgan bo’lsa (mazkur qo’shma dasturning o’zi bundan mustasno);

 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘i bilan 2025/2026-o‘quv yili uchun xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan talabalarning o‘qishini respublika davlat oliy ta’lim muassasalariga ko‘chirish bo‘yicha o‘tkaziladigan maxsus sinovlar bo‘yicha o‘tish ballari tasdiqlandi.