Qoraqalpogʻiston qishloq xoʻaligi va agrotexnologiyalar institutida oliy ta’limdan keyingi ta’limda qoʻshimcha ixtisoslik ochilganligini ma’lum qilamiz.

 U asosan, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-son hamda 2020-yil 6-noyabrdagi 696-son qarorlariga muvofiq 03.00.10 – “Ekologiya” (falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi uchun) ixtisosligi qoʻshimcha ravishda Oliy ta’limdan keyingi ta’limni muvofiqlashtirishning yagona elektron tizimida ochib berildi.