2025–2026 o‘quv yili munosabati bilan Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutida yangi o‘quv jarayoni boshlandi. Joriy yil 3-sentyabr sanasidan boshlab institutga ilk bor qadam qo‘ygan, talabalik baxtiga muyassar bo‘lgan 1-kurs talabalarining dars mashg‘ulotlari boshlandi.

 Yuqori kurs talabalari esa 8-sentyabrdan boshlab o‘z o‘quv jarayonini davom ettiradi.

 Ushbu kun institut hayotida tarixiy va esda qolarli kunlardan biri bo‘lib, yangi avlod talabalari bilim, izlanish va yangilik sari ilk qadamni tashladilar. Tadbir davomida talabalar institut rahbariyati, professor-o‘qituvchilar hamda guruhdoshlar bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

 Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti yoshlarni nafaqat bilim olish, balki o‘z iqtidorini namoyon etish, ilmiy va ijodiy izlanishlarda faol bo‘lish uchun keng imkoniyatlar bilan ta’minlaydi.