O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirining 2025-yil 29-avgustdagi 212-sonli buyrug‘iga asosan Yaponiya universitetlarida magistratura bosqichida ta’lim olish uchun Vazirlik tomonidan maxsus stipendiya ajratilishi belgilangan.

 Mazkur stipendiya tanlovida ishtirok etish uchun institutimiz bitiruvchilari orasidan munosib nomzodlarni saralash maqsadida 2025-yil 5-sentyabr kuni institut miqyosida imtihon o‘tkazildi.

 Saralash jarayoni suhbat shaklida bo‘lib o‘tdi. Unda ishtirokchilarga o‘zlarining kasbiy tayyorgarligi, ilmiy salohiyati va yapon madaniyati borasidagi bilimlari yuzasidan savollar berildi. Suhbat asosan ingliz tilida olib borilib, talabalar bilim va ko‘nikmalari puxta sinovdan o‘tkazildi.

 Mazkur tanlov natijalari institut bitiruvchilariga xalqaro miqyosda ta’lim olish imkoniyatini yaratib, ularning kelgusidagi ilmiy izlanishlari va kasbiy faoliyatida muhim poydevor bo‘lib xizmat qiladi.