Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash va suv xo‘jaligi fakultetida institutda olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar va amaliy loyihalar natijalarini talabalarga tanishtirish maqsadida ilmiy-amaliy ko‘rgazma tashkil etildi.

  Ko‘rgazma davomida fakultetga Osiyo Taraqqiyot Banki (OTB) vakillari tashrif buyurishdi. Mehmonlarni institut rektori B. Jollibekov kutib olib, ularni ko‘rgazma bilan batafsil tanishtirdi.

  Tadbir davomida dala tajribalaridan olib kelingan o‘simlik namunalariga alohida e’tibor qaratilib, ularning ustida olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari jarayoni haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, institut faoliyati va talabalar tomonidan amalga oshirilayotgan ilmiy hamda innovatsion loyihalar haqida ham so‘z yuritildi.

  Ko‘rgazma davomida yangidan keltirilgan zamonaviy laboratoriya uskunalarining ishlash prinsiplari namoyish etilib, ularning ta’lim jarayonidagi ahamiyati ta’kidlab o‘tildi.

  Tashrif yakunida mehmonlar bilan institutning kelgusi istiqboldagi maqsadlari muhokama qilinib, hamkorlikda yirik loyihalarni amalga oshirish, shuningdek, talabalar uchun yangi laboratoriyalar barpo etish rejalashtirildi.