
Qoraqalpog‘istonda keng ko‘lamli “Salomatlik marafoni” loyihasi o‘z yakuniga yetdi. Ushbu loyiha doirasida HealthTech Hackathon ham start oldi. Mazkur tashabbus butun mamlakat bo‘ylab eng iqtidorli yoshlarni birlashtirib, sog‘liqni saqlash sohasida innovatsion g‘oyalarni yaratishga yo‘naltirilgan milliy harakat sifatida e’tirof etilmoqda.
Xakaton doirasida:
mentorlar va ekspertlar ishtirokidagi seminarlar,
soft skills bo‘yicha treninglar,
eHealth, AI, telemeditsina, mobil ilovalar va IoT yo‘nalishlarida innovatsion prototiplar ishlab chiqish ishlari amalga oshirildi.
Shuningdek, ishtirokchilarga grantlar, stajirovkalar va mentorlik dasturlarida qatnashish imkoniyati yaratildi.
Ushbu bosqich natijasida eng kuchli jamoalar 2026-yilgi Grand Final bosqichiga yo‘l olish va mamlakatning eng yaxshi HealthTech startaplari qatoriga qo‘shilish imkoniyatiga ega bo‘ldi.


Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti “Axborot texnologiyalari va tizimlari” yo‘nalishi talabalari “Smart Coders” va “Al-Xorazmiy vorislari” jamoalari saralash bosqichida yuqori natijalar ko‘rsatishdi.
“Smart Coders” jamoasi final bosqichida munosib o‘rin egallab, qimmatbaho sovg‘alar va sertifikatlar bilan taqdirlandi.
(+99861) 229-27-01
ftga_info@edu.uz