
Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutida talaba-yoshlarning muhandislik sohasidagi bilimlarini rivojlantirish, ularning innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida “TechnoWays” texnologik rivojlanish marafonining institut bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni institut rektori B.Jollibekov ochib berib, ishtirokchilarga muvaffaqiyatlar tiladi hamda marafonning yoshlar uchun muhim amaliy ahamiyatini ta’kidladi.
Tanlovda 30 yoshgacha bo‘lgan talabalar, magistrantlar va yosh olimlar “Texnologik yechim” hamda “Dasturiy ta’minot” yo‘nalishlarida o‘z loyihalarini taqdim etdilar.
Baholash jarayonida ishtirokchilar tomonidan taqdim etilgan innovatsion g‘oyalar, texnik yechimlar va dasturiy ishlanmalar yuqori saviyada namoyish etildi.
Tanlov yakunlariga ko‘ra, “Axborot texnologiyalari, matematika, fizika va kimyo” kafedrasi assistentlari hamda talaba-yoshlari g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi.
Tanlov shartlariga muvofiq, g‘oliblar institut tomonidan mukofotlari bilan taqdirlanadi. Shuningdek, 1-o‘rin sohibining loyihasi institut tomonidan moliyalashtirilishi ta’kidlandi.
Natijalarga ko‘ra, g‘oliblar endilikda “TechnoWays” texnologik rivojlanish marafonining O‘zbekiston Respublikasi bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdilar.


(+99861) 229-27-01
ftga_info@edu.uz