Yaponiyaning O‘zbekiston Respublikasidagi elchixonasining ikkinchi kotibi Uno Kimi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Tashqi beg‘araz yordam mablag‘larini (grantlar) jalb etish va donorlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Idirisov Kamalatdin, shuningdek Birlashgan Millatlar Tashkiloti vakillari institutimizda mehmon bo‘ldi.

 Dastlab mehonlar va institutimiz rektori B.Jollibekov ishtirokida uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda institutimiz rektori B.Jollibekov bugungi kunda Orolbo‘yi tuprog‘ining iqlim sharoitini yaxshilash, degradatsiyaga uchragan, qurg‘oq va sho‘rlangan yerlarni qayta ekin maydonlariga o‘tkazish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan loyihalar, ularning hozirgi kundagi borishi hamda institutimizning xalqaro aloqalari to‘g‘risida ma’lumot berdi.

 Shundan so‘ng Yaponiyaning O‘zbekiston Respublikasidagi elchixonasining ikkinchi kotibi Uno Kimi bu ishlar, shuningdek, Yaponiya tashkilotlari bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyihalar hamda yaponiyalik volontyorlar uchun yaratilgan imkoniyatlardan minnatdor ekanligini bildirdi.

 Uchrashuv davomida mehmonlarga institutimiz laboratoriyalari va u yerdagi ilmiy tadqiqotlar keng tanishtirildi.

 Uchrashuvdan asosiy maqsad Yaponiya va institut o‘rtasida amalga oshirilayotgan loyihalar natijalarini o‘rganish va baholashdan iborat bo‘ldi. m