
Bugun, 21-oktyabr kuni Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutida “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida ijodiy uchrashuv tashkil etildi. Tadbirda “Sharq yulduzi” jurnali bosh muharriri o‘rinbosari, taniqli shoir, “Do‘stlik” ordeni sohibi Aziz Said hamda “Zarafshon” gazetasi bo‘lim boshlig‘i, mashhur yozuvchi Isomiddin Po‘latov ishtirok etdi.
Tadbir ishtirokchilarini institutning yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori M. Dauletmuratov, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i M. Tilegenov hamda fakultet dekanlari kutib oldi.
Mehmonlarga institutning bosh binosida tashkil etilgan ko‘rgazmada qishloq xo‘jaligi sohasida olib borilayotgan ishlar, talabalarning ilmiy va ijodiy yutuqlari haqida ma’lumot berildi.


(+99861) 229-27-01
ftga_info@edu.uz