O‘zbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi va 11-noyabr «Kasaba uyushmalari kuni» munosabati bilan O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi Qoraqalpog‘iston Kengashi tomonidan o‘tkazilgan tantanali kechada institutimizning «Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish» kafedrasi katta o‘qituvchisi Ramazanov Baxitbay Nietbaevich ishtirok etib mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy va aholining turmush darajasini oshirishga, qishloq xo‘jaligi sohasiga yetuk kadrlar tayyorlashdagi salmoqli hissasi hamda kasaba uyushmalari ishlaridagi faolligi uchun O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi Qoraqalpog‘iston Kengashi tomonidan «Faxriy yorliq» bilan taqdirlandi.